Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

(Русский) ON-LINE ПРИЁМ ИНОСТРАННЫХ АБИТУРИЕНТОВ-2021

13.07.2021, 15:39 E'lonlar 4070

ON-LINE

TOSHKENT DAVLAT SHAQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

 

  • Xorijiy fuqarolar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga (TDShU) o‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarida, shuningdek, TDShU va xorijiy universitetlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar bundan mustasno.
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadi.
  • Bakalavr diplomiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining magistraturasiga o‘qishga qabul qilinadi.
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida til bo‘yicha stajirovka o‘tashga qabul qilinadi.
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘qishni istaganini bildirgan chet el fuqarolari hujjatlarni bevosita ushbu oliy o‘quv yurtiga topshiradilar.

 

FAKULTETLAR VA ULARNING BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:

  1. SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Arab mamlakatlari iqtisodiyoti (arab tili; rus til.)
  • Siyosatshunoslik (arab tili; o‘zbek tili)
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha):
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: yapon tili; o‘zb)
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: arab tili; rus til.)
  1. SHARQ TSIVILIZATSIYASI VA TARIX
    • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha):
  • Tarix: Pokiston tarixi (urdu tili; o‘zb.til.)
  • Tarix: Arab mamlakatlari tarixi (arab tili; o‘zb til.)
  • Tarix: Arab mamlakatlari tarixi (arab tili; rus til.)
  • Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (fors tili; o‘zb. til.)
  • Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (arab tili; rus)
    • Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati):
  • Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati: hind tili; o‘zb. til.)
  • Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati: fors tili; o‘zb. til.)
  1. SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK
    • Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari):
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili (rus til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: sharq mumtoz tillari (arab tili; o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: sharq mumtoz tillari (fors tili; o‘zb. til.)
    • Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari):
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fors tili (o‘zb. til.)
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili (o‘zb. til.)
    • Jurnalistika: xalqaro jurnalistika:
  • Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (xitoy tili; o‘zb. til.)
  • Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (koreys tili; o‘zb. til.)
    • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari):
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: hind tili (o‘zb. til.)
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: yapon tili (o‘zb. til.)
    • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha):
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili (o‘zb. til.)
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili (o‘zb. til.)
  1. XITOYSHUNOSLIK
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy iqtisodiyoti (xitoy tili; rus til.)
    • Tarix: Xitoy tarixi (xitoy tili; o‘zb. til.)
    • Siyosatshunoslik: xitoy tili ( til.)
    • Filologiya va tillarni o‘qitish:
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili (rus til.)
  1. YAPONSHUNOSLIK
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya iqtisodiyoti (yapon tili; o‘zb til.)
    • Siyosatshunoslik: yapon tili ( til.)
    • Tarix: Yaponiya tarixi (yapon tili; o‘zb)
    • Filologiya va tillarni o‘qitish:
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili (rus til.)
  1. KOREYASHUNOSLIK
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya iqtisodiyoti (koreys tili; o‘zb. til.)
    • Siyosatshunoslik: koreys tili ( til.)
    • Filologiya va tillarni o‘qitish:
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili (o‘zb)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili (rus til.)
  1. TURKSHUNOSLIK
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya iqtisodiyoti (turk tili; o‘zb. til.)
    • Siyosatshunoslik: turk tili (o‘zb. til.)
    • Filologiya va tillarni o‘qitish:
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili (rus til.)

 

BAKALAVRIATNING KECHKI TA’LIM SHAKLI BOYICHA

  1. SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya iqtisodiyoti (turk tili; o‘zb. til.)
    • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Eron iqtisodiyoti (fors tili; o‘zb. til.)
    • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha):
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: hind tili; o‘zb)
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: xitoy tili; rus til.)
  1. SHARQ TSIVILIZATSIYASI VA TARIX
    • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha):
  • Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: arab tili (o‘zb. til.)
  • Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi: fors tili (o‘zb til.)
  1. SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK
    • Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari):
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili (o‘zb. til.)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili (o‘zb. til.)

 

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

  1. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha):
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Arab mamlakatlari iqtisodiyoti (o‘zbek tili)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya Respublikasi iqtisodiyoti (o‘zb. til.)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya Respublikasi iqtisodiyoti (rus. til.)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya iqtisodiyoti (o‘zb. til.)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya iqtisodiyoti (rus. til.)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy iqtisodiyoti (o‘zb. til.)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Eron iqtisodiyoti (rus tili)
    1. Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati):
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat (o‘zb. til.)
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat (rus til.)
    1. Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati:
  • Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati (o‘zb. til.)
  • Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati (rus til.)
    1. Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha):
  • Turizm (o‘zb. til.)
  • Turizm (rus til.)
    1. Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha):
  • Tarix (o‘zb. til.)
  • Tarix (rus til.)
    1. Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha; o‘zb. til.)
    2. Etnografiya, etnologiya va antropologiya (o‘zb. til.)
    3. Sharq falsafasi va madaniyati (o‘zb. til.)
    4. Adabiyotshunoslik (sharq tillari):
  • Adabiyotshunoslik: hind tili (o‘zb. til.)
  • Adabiyotshunoslik: pushtu tili (o‘zb til.)
  • Adabiyotshunoslik: arab tili (o‘zb. til.)
  • Adabiyotshunoslik: arab tili (rus. til.)
  • Adabiyotshunoslik: yapon tili (o‘zb. til.)
  • Adabiyotshunoslik: turk tili (o‘zb. til.)
    1. Lingvistika (sharq tillari):
  • Lingvistika: koreys tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: xitoy tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: xitoy tili (rus. til.)
  • Lingvistika: turk tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: turk tili (rus. til.)
  • Lingvistika: yapon tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: yapon tili (rus )
  • Lingvistika: arab tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: arab tili (rus)
  • Lingvistika: fors tili (o‘zb til.)
  • Lingvistika: hind tili (o‘zb. til.)
  • Lingvistika: pushtu tili (o‘zb. til.)
    1. Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha; o‘zb. til.)
    2. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zb. til.)
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili (o‘zb. til.)
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili (o‘zb. til.)
  1. Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari):
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: hind tili (o‘zb. til.)
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: turk tili (o‘zb. til.)
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: fors tili (o‘zb. til.)
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: xitoy tili (o‘zb. til.)
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: arab tili (o‘zb. til.)
  1. Sinxron tarjima (sharq tillari):
  • Sinxron tarjima: hind tili (o‘zb. til.)
  • Sinxron tarjima: turk tili (o‘zb. til.)
  • Sinxron tarjima: koreys tili (rus. til.)
  • Sinxron tarjima: xitoy tili (o‘zb. til.)
  • Sinxron tarjima: arab tili (o‘zb. til.)

 

Hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddati

  1. Hujjatlar 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar qabul qilinadi.
  2. Hujjatlar universitet saytining online platformasi orqali topshiriladi (www.tsuos.uz).
  3. Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  4. Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi. Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).

Sertifikat/guvohnoma, diplom, shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli universitetga o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

 

Universitetga o‘qishga qabul qilish tartibi

TDShUning bakalavriatda o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

TDShU magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari qabul komissiyasi tomonidan tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.


To‘lov tartibi

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi. To‘lovni har bir semestr uchun alohida amalga oshirish mumkin.
  • Chet ellik talabalarga COVID-19 pandemiyasi sababli o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 10-25% miqdorida chegirmalar beriladi.

 

Ta’lim sohasi va yo‘nalishi Bakalvriat Magistratura
Chegirmasi bilan o‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr Chegirmasi bilan o‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr
Filologiya

(tillar bo‘yicha)

15 000 000 7 500 000 7 500 000 17 000 000 8 500 000 8 500 000
Gumanitar yo‘nalish (Tarix, Falsafa, Jurnalistika) 15 000 000 7 500 000 7 500 000 17 000 000 8 500 000 8 500 000
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, Turizm 15 000 000 7 500 000 7 500 000 17 000 000 8 500 000 8 500 000
Siyosatshunoslik 15 000 000 7 500 000 7 500 000 17 000 000 8 500 000 8 500 000

Izoh: O‘zR Markaziy Banki tomonidan 18.06.2020 yil holatiga ko‘ra 1 AQSh dollariga nisbatan o‘rnatilgan kurs qiymati 10151.90 so‘mni tashkil etadi.

 

Yashash sharoitlari

Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, universitet talabalar turar-joyida yoki boshqa yashash joyini topishda amaliy yordam beradi. Universitet talabalar turar-joyida yashash narxi imtiyozli bo’lib, 18.06.2020 yil holatiga ko‘ra, bir oylik to’lov miqdori 300 000 so‘mni tashkil etadi.

 

Stipendiya

Universitetda chet ellik talabalarga stipendiya taqdim etilmaydi.

 

Til o‘qitish kurslari

O‘zbek, rus va sharq tillarini o‘rganishni istagan chet el fuqarolari TDShU qoshidagi Til markazda kurslarga yozilishlari mumkin. Kurslarning davomiyligi 6 va 10 oy. O‘qish davri oxirida Til markazining talabalari sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

 

Til kurslariga kirish uchun universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish so‘raladi:

  1. til kurslariga qabul qilish uchun ariza;
  2. sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. passport nusxasi;
  4. rezyume;
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli 4 dona fotosur’at.

Til kurslari uchun to‘lov shartlari darslar soniga bog’liq.