Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DOKTORLIK DISSERTATSIYASI HIMOYaLARI TO‘G‘RISIDA E’LON!

25.12.2018, 12:29 DD Himoyasi 5280

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 27.06.2017.Fil.21.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalarning himoyalari belgilandi:

1. Asadov Rustam Muminovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz tili sodda gap qurilmalarida monovalentli va polivalentli komponentlarning sintaksem tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 28 dekabr soat 10:00.

2. Kim Tatyana Sergeyevnaning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Семантика противоположности и способы её передачи в корейском языке” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 28 dekabr soat 12:00.

3. Saydazimova Umida Turaxanovnaning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “XVII-XVIII asrlar koreys nasrining ma’naviy-estetik konsepsiyalari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 28 dekabr soat 15:00.

4. Ergasheva Go‘zal Qurbonalievnaning 10.00.06 – Qiyosiy-adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Rus va o‘zbek tillari psixologiya terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 29 dekabr soat 10:00.

5. Hamidov Xayrulla Xudoyorovichning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Turk tilida frazeologizmlarning yuzaga kelishi, ma’no va grammatik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 29 dekabr soat 12:00.

6. Djoldasova Gauxar Batirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Когнитивный аспект поливалентных глаголов действия в современном английском языке” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2018 yil, 29 dekabr soat 15:00.