Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbir
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2017/02/photo_2017-02-11_12-41-48-1024x768.jpg)
2017-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida zullisonayn shoir, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbirda ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.