Uzoq vaqt masofaviy darslarda bo’lgan talabalar va o’qituvchilar endilikda yuzma-yuz mashg’ulotlarni boshladilar
Ma’lumki, yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida 11- yanvardan an’anaviy dars jarayonlari boshlandi. Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham.
An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan darslar albatta karantin qoidalariga rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Talabalarning davomati universitet rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Uzoq vaqt masofaviy darslarda bo’lgan talabalar va o’qituvchilar endilikda yuzma-yuz mashg’ulotlar boshlanganidan xursand. Bu albatta, yoshlarning sifatli bilim olishlari, ko’tarinki kayfiyatda bo’lishlari va yuqori natijalarga erishishlari uchun muhim.
Universitet matbuot xizmati