Turkiya grantlariga 2021-yil uchun qabul boshlandi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/01/E342CB27-7423-4369-8EF5-460C2D6A8E30-731x1024.jpeg)
2021-yil Turkiya grantlari uchun arizalar yilda bir marotaba qabul qilinadi. 10-yanvardan 20-fevralgacha bo’lgan muddat oralig’ida barcha mamlakat talabgorlariga arizalar qabuli davom etadi.
Turkiya grantlari universitetga joylashtirish, oylik stipendiya, universitet to’lovi, tibbiy sug’urta, talabalar yotoqxonasi, turar joy, bepul kasbiy va ilmiy-akademik ta’lim dasturlari hamda bir martalik kelish-qaytish aviachipta imkoniyatlarini taqdim qilishi orqali dunyoning eng qamrovli grant loyihasi sifatida olg’a bormoqda.
Murojaatlar bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlaridan birida ta’lim olish istagida bo’lgan nomzodlarga ochiqdir.
Hoziroq ariza topshiring: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/tr