TDSHUning Tashqi ishlar vazirligi bilan an’anlari tiklanmoqda
Bugun, 28-yanvar kuni TDSHUga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimlari tashrif buyurib, universitet bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o’tkazdilar.
Mazkur uchrashuv doirasida diplomatlarning bitiruvchi talabalar bilan kelgusida Tashqi ishlar vazirligi va uning tasarrufidagi idoralarda amaliyotini o‘tash, keyinchalik munosib nomzodlar mazkur tizimda ish faoliyatini davom ettirish, hamda kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida suhbat bo’ldi.
3 soat davom etgan suhbatda TDSHUning xitoy, yapon, koreys, hind, malay, urdu, arab, fors, turk, dariy tillarini o‘rganayotgan 81 nafardan iborat filolog, tarixchi, iqtisodchi vasiyosatchi talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga universitetimizga berilayotgan e’tibor va hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Universitet matbuot xizmati