TDSHU talabalari Tashqi ishlar vazirligida amaliyot o‘tamoqda.
O‘zbekistonning tashqi siyosati faollashayotgani, barcha sohalarda xalqaro aloqalar kengayayotgani, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi yo‘nalish – iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat jadallashgani xorijiy tillar, jumladan, rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning tillarida so‘zlashadigan xalqaro mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda. Shu ma’noda, Tashqi ishlar vazirligida nafaqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari, balki boshqa ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalarining amaliyot o‘tashining qayta tiklanishi samarali va maqsadga muvofiqdir.
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni qutlar ekan, ularga vazirlikning kundalik faoliyati, Sharq va Osiyoning turli mintaqalari bilan hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, diplomatik xizmatning murakkab jihatlari haqida so‘zlab berdi.