E’LON! Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda
Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarning bakalavriat (Undergraduate), magistratratura (Master’s), aspirantura (PhD Research Programme) va post doktorantura (Post-Doctoral Research Programme) dasturlari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan. Islom taraqqiyot banki ma’lumotigako‘ra, nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni 2021-yilning 28- fevraliga qadar quydagi IsDB platformasi orqali taqdim etishlari kerak:
Ushbu dastur haqida batafsil malumotni Islom taraqqiyot bankining quyidagi veb-sayti orqali olish mumkin.
Universitet matbuot xizmati