23-fevraldan 2- martga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro yaponshunoslar haftaligi bo’lib o’tadi.
Ushbu tadbir doirasida, joriy yilning 25-26- fevral kunlari Tsukuba universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan yaponshunoslarning Xalqaro ilmiy forumi bo’lib o’tadi. Ilmiy forumning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Tsukuba universiteti rektorlari, O’zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi hamda Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etadi.
Quyidagi havolada ilmiy forum dasturi bilan tanishishingiz mumkin. 👇🏻
AGENDA – Int-l Forum – Japanese Studies last
Universitet matbuot xizmati