Yaponshunoslik haftaligi doirasida tashkil etilgan xalqaro forumning birinchi kuni bo’lib o’tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yaponshunoslik haftaligi doirasida tashkil etilgan xalqaro forumning birinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda turli mamlakatlardan yaponshunos olimlar onlayn tarzda ishtirok etdilar. Forumni TDSHU rektori Gulchexra Rixsiyeva, Tsukuba universiteti rektori Nagata Kyosuke, O’zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G’ayrat Fazilov va Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori kirish so’zi bilan ochib, forum qatnashchilariga omad tiladilar.
Tadbirda Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi xodimlari, JICA vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru va Mitsubishi Corporation vakolatxonasi rahbari Yoichi Sano ham ishtirok etdi.
Universitet matbuot xizmati