E’lon. Seul Milliy universiteti «Presidential Fellowship» dasturiga o‘qishga taklif etadi.
Koreya Respublikasining elchixonasi Seul Milliy universiteti 2021-yil kuzidan boshlab Prezident stipendiyasi dasturini amalga oshirishi haqida xabar beradi. Ushbu dastur asosida siz oylik 1.500 .000-2.000.000 von (taxminan 1350-1800 AQSH dollari) stipendiya bilan (3-4 yil) doktoranturada o‘qishingiz mumkin. Umuman olganda, doktoranturada ilmiy ish olib borish uchun istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin, ammo quyidagi mutaxassisliklarga ustunlik beriladi:
– muhandislik;
– tibbiyot;
-qishloq xo‘jaligi;
– rivojlanish tadqiqotlari yoki koreysshunoslik.
Hujjatlar 2021-yil 2-martdan 11-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi, natijalar 2021-yil 7-iyulda e’lon qilinadi.
Batafsil: “El-yurt umidi” jamg‘armasi saytiga yuklanadi www.eyuf.uz