Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (LSA) vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

03.03.2021, 22:08 Yangiliklar 2185

2021-yilning 3-mart kuni TDSHU rahbariyatining O‘zbekistondagi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (LSA) vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TDSHU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Elyor Mahmudov universitetda yaponshunoslik sohasida erishilgan yutuqlar, hozirgi kunda yaponshunoslik fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, TDSHU va JICA o‘rtasida avval muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilganligiga to‘xtalib, Miyazaki Suguru va tashkilot vakillariga yaqindan hamkorligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Miyazaki Suguru TDSHUda yaponshunoslik sohasini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga ijobiy baho berib, joriy yilning 25-fevral kuni universitetda o‘tkazilgan Yaponshunoslik xalqaro forumida ishtirok etish uchun taklif etilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda mazkur tadbirning yuqori saviyada o‘tganligini qayd etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar TDSHUda yaponshunoslikni yanada rivojlantirish maqsadida “JICA Chair” loyihasini joriy etishga hamda uning kontenti bo‘yicha kelishib olishdi. “JICA Chair” loyihasi ikkita komponentni o‘z ichiga oladi. Birinchi komponent yaponiyalik professor-o‘qituvchilarning maxsus darslarini tashkil etish hamda bu darslar zaruriy DVD va tarqatma materiallar bilan ta’minlash, ikkinchi komponent qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni olib borishdan iborat.
TDSHUda joriy etilayotgan loyiha 2021 -yilda birinchi komponet bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi, ikkinchi komponentning muhokamasi 2022- yilga belgilandi.
Mazkur dastur loyihasini amalga oshirishda Miyazaki Suguru o‘zi birinchi bo‘lib universitet talabalariga Yaponiya iqtisodiyoti bo‘yicha turkum ma’ruzalar o‘qish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot o‘rnida O‘zbekistondagi LSA vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru iqtisod fanlari doktori bo‘lib, Kioto universitetida iqtisodiy fanlardan dars bergan.

7AE350DE-D6BE-4651-A124-86A13F0A935E