Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkentda o’z filialini ochadi.
Shu kunlarda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma’muriyati rahbarining o’rinbosari L.Ribakov boshchiligidagi Ta’lim va fan vazirligi, qator oliy o’quv yurtlari rahbariyati vakillaridan iborat Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi yurtimizda mehmon. Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Sankt-Peterburg davlat universiteti prorektorlari Sergey Andryushin va Aleksandr Babich tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida TDSHU rektori Gulchexra Rixsiyeva sharqshunoslik sohasiga ixtisoslashgan Sankt-Peterburg davlat universiteti filialining ochilishi sharqshunoslik yo’nalishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini hamda universitetlarning integratsiyasini yanada rivojlantirshini ta’kidladi.
G. Rixsiyeva Toshkentda ochilayotgan Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.👇🏻