“Xalqqa o‘rnak bo‘lgan ustoz va shogird”
Yoshlarga bilim bergan, ma’rifat bulog‘idan suv ichirgan insonlar bu yorug‘ dunyodan o‘tsalar, o‘ldi -o‘chdi deyish to‘g‘ri emas. Chunki ularning ikkinchi – haqiqiy umri kitoblari, shogirdlari hayotida boshlanadi.
Shu jihatdan, O‘zbekiston sharqshunosligining yetakchi xitoyshunoslari, tarix fanlari nomzodi Majid Xamidovich Mahmudxo‘jayev va siyosiy fanlar nomzodi Ismatulla Nusratullayevich Bekmuradovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Xalqqa o‘rnak bo‘lgan «Ustoz va shogird” nomli xotira yig‘inida ayni fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, desak o‘rinli bo‘ladi.
2021-yil 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda ma’rifatni bayroq deb bilgan ustozlarning hamkasiblari, do‘sti yorlari, shogirdlari hamda farzandi arjumandlari qatnashdilar. Ular Majid Mahmudxo‘jayev va Ismatulla Bekmuradov bilan bog‘liq eng yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tadbirda Ismatulla Bekmuratovga bag‘ishlangan “Yonib yashamoq kerak” kitobining ham taqdimoti o‘tkazildi.
https://china-uz-friendship.com/?p=31300