TDSHUga Rossiya Federatsiyasining B.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti rektori Viktor Koksharov tashrif buyurdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 5-aprel kuni Rossiya
Federatsiyasining B.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti rektori Viktor
Koksharov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva mehmonlarga
universitet faoliyati, oliy ta’lim va ilmiy sohalarda amalga oshirilayotgan
ishlar, Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari bilan bugungi kundagi
hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, Viktor Koksharov Ural federal universiteti faoliyati, ta’lim
sohasidainnovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
joriy etilgan loyihalar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Shu bilan birga ayni paytda universitetda turli ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari bo‘yicha 100 dan ortiq O‘zbekiston yoshlari tahsil
olayotganini qayd etdi.
https://www.uza.uz/uz/posts/ural-federal-universiteti-bilan-
hamkorlik-muhokama-qilindi_254960