Bugun Abdulla Qodiriy tavalludiga 127 yil to’ldi
🗓 1894 yil 10 aprel – o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, publisist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬
Turdi Farog‘iy – o‘zbekni milliy birlikka chorlagan ilk shoir bo‘lsa, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani bilan o‘zbekni milliy birlikka chorlagan ilk nosir edi. Dunyoda o‘zbek nomini oltinchi bo‘lib romanchilik maktabiga (Ye.Ye.Bertels) asos solgan millat sifatida kiritgan ham Adbulla Qodiriydir.
🖇 Dunyoda ko‘pgina millat borligini hisobga olsak, bu albatta, millatdosh sifatida kishida faxr hissini uyg‘otadi.
Bu kun as mutafakkirimiz tavalludiga 127 yil to‘ldi.