“Saylov qonunchiligi va amaliyoti: saylov huquqining yangi kafolatlari” mavzusidagi davra suhbatiga taklif etamiz
2021- yil 13-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “Saylov qonunchiligi va amaliyoti: saylov huquqining yangi kafolatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, TDSHU professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etadi.
Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar yuzasidan ma’ruza qiladilar.
TDSHU jamoasi va talabalarini ushbu davra suhbatiga taklif etamiz.
Tadbir o‘tkazish joyi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Shahrisabz ko‘chasi, 16. (4-qavat majlislar zali)
Vaqti: 2021-yil 13-aprel, soat 14.30.