Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 26-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyatining Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan onlayn shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Xitoy elchixonasi universitetga beg‘araz yordam sifatida keng ekranli televizorlar, noutbuklar, Wi-Fi routerlardan iborat 15 ming AQSH dollariga teng moddiy-texnika uskunalarini taqdim etdi.
TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva mazkur texnikalar yaqinda Xitoyning bir qator hamkor universitetlari bilan birgalikda ochilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston-Xitoy gumanitar almashinuv markaziga berilishini ta’kidlab, Xitoy elchixonasiga o‘z minnatdorligini bildirdi.
https://uza.uz/uz/posts/hitoyshunoslik-sohasini-rivozhlantirish-elchi-nigohida_261317