JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru TDSHU talabalariga turkum ma’ruza darslarini boshladi
2021-yil 28-apreldan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguruning Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalariga Osiyo va Afrika mamlakatlarining iqtisodiy o‘sish modellariga bag‘ishlangan turkum ma’ruzalari boshlandi.
Online o’tgan bugungi uchrashuvda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva universitet JICA vakolatxonasi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgani, tashkilot yaponshunoslikni rivojlantirishga oid bir qator loyihalarda ko‘mak berganini ta’kidladi. “JICA Chair” loyihasini amalga oshirishda Miyazaki Suguruning o‘zi universitet talabalariga turkum ma’ruzalar o‘qish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
https://www.uza.uz/uz/posts/jica-vakolatxonasi-rahbari-tdshu-talabalariga-maruza-oqiydi_262126