“Sharq mamlakatlarida xalqaro munosabatlarning zamonaviy o’zgarishi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
2021- yil 22- may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlarida xalqaro munosabatlarning zamonaviy o’zgarishi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsieva ma’ruza qildi, u hozirgi sharoitda sharqshunos-siyosatshunoslarni tayyorlash masalasining alohida dolzarbligini ta’kidladi.
Shuningdek konferentsiyada Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, siyosiy partiyalar vakillari, etakchi siyosiy ekspertlar, shuningdek respublika oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.
https://www.uza.uz/ru/posts/transformaciya-mezhdunarodnyx-otnosheniy-v-stranax-vostoka_269298