O‘zbekistondagi Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sayed Ali Asad Gillani tomonidan TDSHU talabalari uchun o‘tkazilayotgan Pokiston tashqi siyosati bo‘yicha turkum ma’ruzalarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
2021- yil 27-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sayed Ali Asad Gillani tomonidan TDSHU talabalari uchun o‘tkazilayotgan Pokiston tashqi siyosati bo‘yicha turkum ma’ruzalarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Elchi janoblarining Pokiston tashqi syosati tarixi, hozirgi holati va istiqbollari mavzusi doirasida amaliy mashg‘ulot darsini o‘tkazdi.
Tadbir yakunida talabalarning bir qator qiziqtirgan savollariga Elchi janoblari tomonidan atroflicha javoblar berildi.