Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yana bittaga ko‘paydi
2021- yil 31-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Mazkur tadbir O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi hamkorligida onlayn tarzda tashkil etildi.
Tadbir davomida universitetlar rahbariyatlari tomonidan O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan hamkorik memorandumi talabalar almashinuvi bilan birgalikda akademik almashinuvni rivojlantirish va kengaytirish uchun ham xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikning davomli va samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.