Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston – Hindiston: rivojlanayotgan hamkorlik munosabatlari

29.06.2021, 14:24 Yangiliklar 1987

O‘zbek va hind xalqlarini tarixiy va madaniy mushtaraklik bog‘lab turadi va shu bilan birgalikda hozirgi kunda strategik sheriklikni rivojlantirish va ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mustahkam poydevor mavjud.
Hindiston va O‘zbekiston mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va barqarorlikni mustahkamlashda asosiy hamkorlar hisoblanadi. Terrorizm, xalqaro jinoyatchilik va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi boshqa holatlarga qarshi kurashish, giyohvand moddalar savdosining oldini olishda o‘zaro vazirliklar darajasida hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2019-yil 20-22-noyabr kunlari Hindistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Hindiston tomoni bilan o‘zaro maslahatlashuv uchrashuvlari o‘tkazildi hamda O‘zbekiston va Hindiston Ichki ishlar vazirliklari transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur bitimga ko‘ra, kadrlar tayyorlash sohasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.  Ikki tomonlama mudofaa sohasidagi hamkorlik yangi darajaga ko‘tarildi.
2020-yil butun dunyo uchun og‘ir sinovli yil bo‘ldi. COVID-19 virusining dunyo bo‘ylab keng tarqalishi natijasida vujudga kelgan og‘ir epidemiologik vaziyat davlatlarni xalqaro hamkorlik aloqalarida ayrim cheklovlarni joriy etishga majbur qildi. Chegaralarning yopilishi va ko‘plab davlatlarda vaziyatning keskinlashuvi tufayli zarur dori-darmonlar va tibbiy uskunalar yetishmovchiligi vujudga keldi. Ana shunday davrda ham O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlangani, yordam berganliklari tahsinga sazovor.
Konferensiya doirasida ikkala mintaqa o‘rtasidagi aloqani rivojlantirishga qaratilgan Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammitda uchta umumiy mavzu muhokama qilinadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda o‘zaro aloqalar ko‘lamini oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va umumiy tinchlikka erishish maqsadida Xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish, mushtarak madaniyatga ega davlatlar sifatida madaniy sohada mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.
Ushbu konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni yangilashga qaratilgan. Uning asosiy maqsadi, strategik xarakterga ega bo‘lgan aniq loyihalarni belgilab beruvchi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikning mustahkam asoslarini yaratishdir.
O‘zbekiston bugungi kunda Hindistonni mintaqada savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlantirish, barqarorlikni mustahkamlashda o‘zi uchun ishonchli bo‘lgan sherik sifatida ko‘radi. O‘z navbatida, Hindiston O‘zbekiston rahbariyatining yangicha yondashuvi hamda faol hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ichki va tashqi siyosatini alohida e’tirof etgan holda ikki tomonlama hamkorlikka yangi bosqichlarga olib chiqishga intilmoqda.

https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-hindiston-rivozhlanayotgan-hamkorlik-munosabatlari_280410