2022-yil 11-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va YUNESKO tashkilotining Xitoy Xalq Respublikasining Gansu provinsiyasi uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum YUNESKO tashkilotining Xitoydagi Gansu provinsiyasi uyushmasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustaxkamlash, jumladan, gumanitar almashinuv, ilmiy hamkorlik, yoshlarga ko‘maklashish, xalq farovonligi yo’lida ko‘plab loyihalarni amalga oshirish maqsadida imzolandi.