Bugun, TDSHU Vasiylik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
2021-2022- o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish maqsadida bugun, 28- iyul kuni TDSHU Vasiylik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Kengash ishini TDSHU rektori G. Rixsiyeva kirish so’zi bilan ochib berdi va kun tartibiga qo’yilgan masalalar bilan qatnashchilarni tanishtirdi.
Kun tartibiga qo’yilgan masalalar:
– Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30-iyundagi 287-son buyrug’i bilan qayta tasdiqlangan Vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etish;
– TDSHUning 2021-yilning birinchi yarim yillik faoliyati natijalari;
– 2021-2022- o`quv yiliga tayyorgarlik hamda 2021-yilning ikkinchi yarmida universitetning ta’lim xizmatlari bo’yicha belgilangan vazifalari va istiqbollari;
– Universitetning 2021-yil uchun shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar va tarkibiy tuzilmasi;
– Universitet faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish bo’yicha fikr-mulohazalar va takliflar.
Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bilan tanishtirilgandan so’ng, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari, Vasiylik kengashi raisi K. Karimov universitetning kelgusi taraqqiyotida ilmiy markazlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Navbatdagi kengash a’zosi, yirik tarixchi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori A. Ziyo universitetning ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy kutubxonalarning muhimligi haqida to’xtaldi. TDSHUning iqtisod, o’quv, yoshlar, ilmiy va xalqaro yo’nalishlari mas’ullari joriy yilning birinchi yarim yilligi faoliyati natijalari bo’yicha Vasiylik kengashi a’zolarini tanishtirdilar.