12-avgust Xalqaro yoshlar kuni
1999-yil 17-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o‘zining 54/120-sonli rezolyutsiyasi bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi vazirlar konferensiyasining 12-avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb e’lon qilish haqidagi tavsiyasini ma’qulladi.
Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-e’tibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30-iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.