Universitetimiz Yoshlar yetakchisi, Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Javohir Kamolov “Kelajak liderlari” klubiga a’zo bo‘ldi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Yoshlar ishlari agentligi, hokimliklar hamkorligida Respublikamizning barcha hududlarida iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Klubga a’zolik uchun 2 oy davomida 4 bosqichli tanlov o‘tkazildi.
Hududlardagi Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, 6246 nafar talabgor ichidan 630 nafar nomzod klub a’zoligiga tavsiya qilindi.(Toshkent shahridan 50 nafar).
Ushbu bosqichlardan muvaffaqqiyatli ravishda o‘tgan Universitetimiz Yoshlar yetakchisi, Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Javohir Kamolov ham “Kelajak liderlari” klubiga a’zo bo‘ldi.
Javohir Kamolovni universitet jamoasi ushbu yutuq bilan muborakbod etadi.