“Yangi O’zbekiston qizlari – jamiyatning ilg’or va tashabbuskor kuchi”
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 11-oktabr xalqaro qizlar kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan Respublika miqyosidagi Forum doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining 1-o’rinbosari Gulnora Ma’rufova, TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Uchtepa tumani Yoshlar Ittifoqi kengashi raisi Nargiza Shorahmedova, professor-o’qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etishdi.
TDSHU matbuot xizmati