TDSHUda “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asarining taqdimoti o’tkazildi
2021-yil 12-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (“Bola huquqlari kodeksi”) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni TDSHU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna ochib berdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati rahbari Muhammadiyev Faxriddin Misriddinovich, tarix fanlari doktori Ilhom Bekmirzayevlar so‘zga chiqdilar. Taqdimotni asar tarjimasi muallifi Muslim Atayev yakunlab berdi.