“Sari-matoga to’qilgan she’riyat” tadbiri
Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhatning taklifiga binoan, ayni damda, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Elyor Mahmudov “Sari-matoga to’qilgan she’riyat” tadbirida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur tadbir Hindiston mustaqilligining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
TDSHU Matbuot xizmati