JICA Prezidentining TDSHU yaponshunoslari bilan onlayn uchrashuvi
2021-yil 4-noyabr kuni Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Prezidenti Shinichi Kitaoka “JICA Chair” loyihasi doirasida TDSHU Yaponshunoslik fakulteti talabalari va o’qituvchilariga “Meiji inqilobi: keng ko’lamli modernizatsiyaning boshlanishi” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
Shuni alohida ta’kidlash joiz-ki, JICA rahbariyati ishtirokida bunday tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba o’tkazilmoqda. Tadbirda diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, JICA xodimlari, O’zbekiston vazirlik va idoralari vakillari, bir qator oliy o’quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Tadbir yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi. Talabalar berilgan ma’lumotlar mazkur masalani yanada chuqurroq o’rganishga yordam berishi va xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.
TDSHU Matbuot xizmati