TTJ bo’yicha shikoyat yuzasidan holat o’rganildi
6-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti TTJ isitish tizimi bo’yicha ijtimoiy tarmoqdagi shikoyat yuzasidan universitet rahbariyati, fakultet dekanlari va tyutorlar holatni o’rganish uchun TTJga tashrif buyurishdi.
Holat o’rganilib talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar yashash sharoiti ko’rib chiqildi, ular tomonidan shikoyatlar bo’lmadi. Havo harorarining keskin pasaygani tufayli binodagi chet xonalarida issiqlikni yanada saqlash uchun qo’shimcha choralar ko’rildi.