2023-yil 29-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti amaliy ishlarni Rishton, Yangiqoʻrgʻon, Chust va Boysun tumanlari kesimida boshlagan edi.
10-17-may kunlari universitetning 60 nafar talabalari amaliy ekspeditsiyada faol ishtirok etishdi va belgilangan hududlar bo’yicha 500 ga yaqin (maqola, video material va rasmlar) tayyorlashdi.
“Yangi O’zbekiston” gazetasining 2023-yil 3-iyundagi 108-sonida talabalarning hududlar bo’yicha tayyorlagan maqolalari e’lon qilindi.