81-o’rta maktabda Yapon tilidan mahorat darslari
17-oktabr kuni Uchtepa tumenidagi 81-o’rta maktabning 6-sinflarida ToshDSHIning “Yapon filologiyasi” kafedrasi mudiri, PhD N.Xalmurzayeva “Yaponiya maktablarida ta’lim tizimi” va kafedraning katta o’qituvchisi Z.Ziyamova “Uy hayvonlari va yapon tilida iyerogliflarning qo’llanilishi” mavzularida mahorat darslarini o’tkazdilar. Mahorat darslarida yangi pedagogik tehnologiyalar, interaktiv-kommunikativ metodlar qo’llanilib, yapon tilida olib borildi. Dars rejasi “Can do – qila oladimi?” maqsadiga muvofiq tuzildi.
Mahorat darslarida bevosita qatnashgan pedagogik amaliyotni o’tayotgan Yapon filologiyasi kafedrasining 4-bosqich talabalari darsni yapon tilida olib borish, o’quvchilar e’tiborini darsga jalb qilish usullari hamda dars jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalar va ko’rgazmali qurollardan amaliy foydalanishni o’rganib oldilar.
Darslar yakunida N.Xalmurzayeva tomonida yaratilgan “Yapon tili grammatikasi” kitobining taqdimoti va kitob sovg’a qilish aksiyasi o’tkazildi.