Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “NAVOIY VA SHARQ RENESSANSI” mavzusida xalqaro simpozium
2024-yil 9-fevral sanasida buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida “NAVOIY VA SHARQ RENESSANSI” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.