An’anaviy o’quv amaliyoti jarayoni
Har yili ToshDSHIda yangi o’quv yilining boshida 4-kurs talabalarining o’quv amaliyoti tashkillashtirilishi an’anaga aylangan. Shunga ko’ra, 2019-2020 o’quv yilida ham “Eron-afg’on filologiyasi” kafedrasi 4-kurs talabalari kafedra o’qituvchisi N.Nuriddinov va katta o’qituvchi Yu.Xodjaqulovlar rahbarligida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yunusobod akademik litseyiga o’quv amaliyotini o’tash uchun yuborildi.