Badiiy tarjima sohasida yangi monografiya chop etildi
TDSHU, Tarjimashunoslik, tilshunoslikvaxalqaro jurnalistika oliy maktabi katta o‘qituvchisi, PhD Gulnoza Nazrullayevaning “Badiiy tarjimada personaj nutqining qayta yaratilishi” nomli monografiyasi nashr etildi.
Ushbu monografiyada badiiy tarjimada personaj nutqining qayta yaratilishi masalalari hindiydan o‘zbek tiliga tarjimalar misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotdan olingan amaliy natijalar va chiqarilgan nazariy xulosalar nafaqat hindiydan ona tilimizga, balki boshqa tillar orasida amalga oshirilgan tarjimalar ustida ish olib borayotgan tadqiqotchilar va yosh mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi. Monografiya tarjimashunoslik, tarjima amaliyoti, chog‘ishtirma tilshunoslik, leksikografiya va madaniyatlararo muloqot uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berish bilan birga, ushbu sohalarda darslik, o‘quv qo‘llanma va lug‘atlar tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi.
