Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bakalavriat va magistraturaga qabul kvotalari tasdiqlandi

15.06.2020, 10:12 Yangiliklar 2495

 “2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARIGA:

MAGISTRATURA – 10 425 nafar.

Agar ushbu ko‘rsatkichlarni o‘tgan o‘quv yilida ajratilgan o‘rinlar bilan taqqoslaganda bu yil uchun ajratilgan o‘rinlar soni keskin oshganligi ma’lum bo‘ladi.

Masalan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

  • kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘tgan o‘quv yilida jami 81 455 ta o‘rin ajratilgan bo‘lsa (18 455 ta grant, 62 900 ta to‘lov-kontrakt), joriy o‘quv yili uchun esa umumiy 103 575 ta joy ajratildi (23 495 ta grant, 80 080 ta to‘lov-kontrakt), umumiy farq 22 120 tani tashkil etmoqda, ko‘rinadiki, grant asosida o‘qish uchun ajratilgan joy 5 040 taga, to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun o‘rinlar 17 180 taga oshgan;
  • sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘tgan yilgiga nisbatan 11 365 taga;
  • kechki ta’lim yo‘nalishlarida 3 040 taga ko‘paydi;
  • shuningdek, o‘rinlar magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ham 2 720 taga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

O‘tgan yili jami 111 130 o‘rin ajratilganligini, joriy yilda bu ko‘rsatkich 150 375 tani tashkil etayotganligini hisobga olsak, joriy yilda o‘tgan yilgiga nisbatan 39 245 nafar ko‘p abituriyent va talaba bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.

Bulardan tashqari, qarorga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari jarayoni bilan bog‘liq muhim o‘zgarishlar joriy etildi. Ular quyidagilardir:

  • abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi;
  • abituriyentlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  • abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
  • shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Bular bu yil yurtimizda pandemiya bilan bog‘liq sharoitda abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan hisoblanadi.

Manba:  dtm.uz