Balcom kompaniyasi hamda Xiroshima universiteti bilan hamkorlik
2025-yil 19-dekabr kuni Balcom kompaniyasi hamda Xiroshima universiteti bilan hamkorlikda TDSHU huzurida “Yoshlar innovatsion markazi”ni tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ushbu markaz faoliyati doirasida xalqaro akademik va amaliy almashinuv dasturlarini tashkil etish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari hamda startap loyihalarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Yaponiyaning ilg‘or tajribasi asosida innovatsiya, texnologiya va tadbirkorlik yo‘nalishlarida seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

