Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH MARKAZI

ss Markaz direktori GAZIYEVA SULXIYA SAIDMASHRAFOVNA
Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari soat 10:00 dan  16:00 gacha
Tel: +99893 568-38-33
e-mail: sulxiya_gaziyeva@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

 Markazning asosiy maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– Talabalarni xalqaro iqtisodiy munosabatlar va sharqshunoslikni chuqur o‘rganishlarini ta’minlash orqali ularning amaliy faoliyati va akademik muloqotini tashkil etish.

– Markaz a’zolari bilan muzokaralar olib borish, BMT ning Barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘rganish va xalqaro vaziyatni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.

– Markaz a’zolarini ilmiy tadqiqotlar olib borish, tezis va maqolalalar yozish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish.

– O‘zbekiston va boshqa davlatlar yosh olimlari o‘rtasida professional va shaxsiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berish, ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish.

2.2. Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun Markaz quyidagi vazifalarni hal qiladi:

– Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va sharqshunoslik bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida ilmiy tadbirlar: leksiyalar, seminarlar, vorkshoplar va treninglar tashkil etish.

– Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va sharqshunoslik bilan bog‘liq xalqaro va respublika forumlari, konferensiyalar va tanlovlarda qatnashish.

– Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va sharqshunoslik bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy va tahliliy materiallar, sharhlar va hisobotlarni tayyorlash va nashr etish.

– BRM ning maqsadlarini ommalashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

06.11.2024, 10:27 76