Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” oyligi doirasida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasi

2023-yil 30-mart kuni TDSHU Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasi tashabbusi bilan BMTning “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” oyligi doirasida PhD Sh.Abdullayevaning “BRM  8: Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish”, ya’ni inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni, bandlikni va hamma uchun munosib mehnatni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan “Turizm destinasiyalarini barqaror rivojlanishini boshqarish” mavzusidagi, dotsent S.Tashtaevaning “BRM 11:  Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari”, ya’ni shaharlar va aholi punktlarini inklyuziv, xavfsiz, bardoshli va barqaror qilishga bag‘ishlangan “Urbanizatsiya va shaharlarning barqaror rivojlanishi”  mavzusidagi ma’ruzalari yo‘lga qo‘yildi.

BRM 8 yo‘nalishidagi ma’ruzada barqaror rivojlanish tushunchasi, ya’ni uning global fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy tengsizlik va biosferaga ekologik bosimni kamaytirish, global ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yangi resurslarni tejovchi va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishning uzluksiz, dinamik jarayoni ekanligi yoritilgan bo‘lsa, BRM 11 yo‘nalishdagi ma’ruzada esa Jahonda urbanizatsiyaning jadal  rivojlanib borishi shahar aholisini uy-joy, toza ichimlik suvi, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal-xo‘jalik infratuzilmasi kabi  sharoit va xizmatlar bilan ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi, shovqin, global iqlim isishi,  qashshoqlik, jinoyatchilik, ishsizlik kabi muammolarni keskinlashuviga olib kelayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida, barqaror turizm turistlarning yuqori darajada qoniqishini ta’minlashi va turistlar uchun mazmunli tajribani ta’minlashi, ularning barqarorlik muammolari haqida xabardorligini oshirishi va ular o’rtasida barqaror turizm amaliyotini targ’ib qilishi kerakligi va “yashil shahar” yaratish uchun har bir inson o‘zi yashab turgan joyini e’zozlashi, obodonlashtirishi, xavfsiz, barqaror hududga aylantirishi lozimligi haqida fikrlar bildirildi.

Ma’ruza yakunida savol-javob asosida muhokamalar o‘tkazildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

a b

10.04.2023, 14:18 1112