Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ben Niçin Severim Özbekistan’i. Seçme Şiirler” kitobi Abdulla Oripov uy- muzeyiga taqdim etildi

23.03.2026, 10:33 Yangiliklar 52

2026-yil 20-mart sanasida Toshkent viloyatidagi Do‘rmon Do‘rmon ijod uyi hududida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 1996-2016 yillarda yashab, ijod qilgan xonadonda davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, ijodkorlar va jamoatchilik vakillari to‘plandi. Ushbu maskanda Davlat rahbari tashabbusi va qarori asosida Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan ABDULLA ORIPOV UY-MUZEYIning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar Abdulla Oripov uy-muzeyi eksponatlari bilan tanishdilar,shoirning ijodxonasi, kutubxonasi, mehmonxonasi va boshqa hududlarini tomosha qildilar. Ushbu tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida shoir tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Xayrulla Hamidov tomonidan nashr etilgan “Abdulla Aripov. Ben Niçin Severim Özbekistan’i. Seçme Şiirler” kitobi muzey kutubxonasiga taqdim etildi.