Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sog‘liq va farovonlik maqsadiga bag‘ishlangan ma’ruza

2023-yil 29-sentabr TDShU ning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida “BRM3 Sog‘liq va farovonlik” maqsadiga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Unda I.Irgashev nomli 4-shahar klinik shifoxona va NS Medical ayollar klinikasi umumiy amaliyot shifokori va jarroh Sevara Kayumxodjayeva “Ikki narsa yo‘qotilgandan so‘ng qadrlanadi – yoshlik va sog‘liq” mavzusida davra suhbati olib bordi. Suhbat davomida, Sevara Kayumxodjayeva sog‘liqni saqlash borasida bir qator amaliy tavsiyalar berish bilan bir qatorda, talabalar va kafedra professor-o‘qituvchilarining savollariga atroflicha javob berdi. Savol-javoblar natijasida, o‘qituvchi va yoshlarning ushbu sohadagi kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

photo_2024-01-18_12-10-20

18.01.2024, 12:12 515