Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jamoatchilik Kengashi faoliyati

Universitetimiz professor-o‘qituvchilar va xodimlarning huquqlarini kafolatlashda uchinchi shaxslarga topshirish siyosatiga ega. Bu siyosat universitet huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMda ishlab chiqilgan.

Ta’lim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar orqali oliy ta’lim muassasasining faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning hamda ijodiy madaniyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ko‘maklashish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Jamoatchilik kengashi quyidagi vazifalarni bajaradi:

professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularga mukofotlar belgilashda ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, mukofotlanishda shaxsning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishini, jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini hisobga olinishi kabi holatlarni nazorat qiladi;

oliy ta’lim muassasasi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning faoliyati (ishdan bo‘shatilishi yoki talabalar safidan chiqarilishi) bilan bog‘lik bo‘lgan barcha turdagi yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun o‘z a’zolaridan vakil tayinlaydi;

professor-o‘qituvchilarga ilmiy faoliyat olib borish uchun sharoit yaratish, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotganlarni ijtimoiy himoyalash, yil davomida faol ilmiy ish bilan shug‘ullanib, yaxshi natijalarga erishganlarni mukofotlash, sust xarakat qiluvchilarga chora ko‘rish kabi ishlarni nazorat qiladi;

professor-o‘qituvchilar  tomonidan monografiyalar, darsliklar, o‘kuv qo‘llanmalarni shartnoma asosida tayyorlanishini va ularga o‘z vaqtida gonorarlar to‘lanishini o‘rganadi.

Xususan, 2022-yilning 15-avgustida TDSHU Jamoatchilik kengashi ishga qabul qilish amaliyoti bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirdi. Mazkur suhbat jarayonida universitet kafedralarining professor-o‘qituvchilari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va yangi o‘quv yili uchun mehnat shartnomasini imzolash masalasi muhokama qilindi.

 photo_2023-09-25_16-08-20

25.09.2023, 16:09 812