Talabalarning ekologik tashabbusi
2024-yil 13-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, yashil muhitni targ‘ib qilish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish maqsadida «Obod oliygoh» ekoaksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida universitet hududini obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, atrof-muhitga befarq bo‘lmagan talabalar tomonidan faol amalga oshirildi. Aksiya davomida ishtirokchilar “yashil kampus” konsepsiyasi doirasida tashlanadigan chiqindilarni tozalash, maktab va oliy ta’lim muassasalari atrofida ekologik tozalikni saqlashning ahamiyati haqida suhbatlar olib bordilar.
Ekoaksiyada qatnashgan talabalar nafaqat tabiatga g‘amxo‘rlik qilishni, balki jamiyatda ekologik ongni shakllantirishda o‘zlarining muhim rolini anglab yetdilar.
