Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoy-Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi: taraqqiyot va hamkorlik

XXR ning Lanjou universiteti hamda “Xitoy-Markaziy  Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi: taraqqiyot va hamkorlik” nomli forum tashkiliy qo‘mitasining 2023-yil  18-iyuldagi xati, hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2023 yil 4 sentabrdagi buyrug‘iga asosan, 4-9-sentabr kunlari Dunxuan shahrida o‘tkazilgan konferensiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti “Xitoy filologiyasi” kafedrasi nomidan dotsent, PhD Xasanova F.M. ishtirok etdi. “Ipak yo‘li (Dunxuan)  VI xalqaro madaniy forumi” doirasida  tashkil qilingan “Xitoy-Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi: taraqqiyot va hamkorlik” nomli konferensiya asosan XXR va Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda  shu kungacha hamkorlik doirasida erishilgan natijalar va kelgusi istiqbolli rejalar atroflicha yoritib berildi va tahlil etildi.

                Mazkur konferensiyada dunyoning turli davlatlari tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan maqolalar bilan bir qatorda, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, prof. G.Sh.Rixsiyevaning “Oliy ta’lim va ilmiy sohada O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi” nomli maqolasi tinglandi.  Maqola rus tilida o‘qildi va 8 tilga sinxron tarjima qilindi. Ushbu ma’ruza orqali O‘zbekistondagi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, uning faoliyati, hamkorlik doiralari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, istiqbolli rejalari xususida ma’lumotlar berildi.

7-sentabr kuni dotsenti, PhD Xasanova F.M. “O‘zbekiston-Xitoy:  Madaniy aloqalar va ta’lim sohasidagi mushtarak istiqbol” nomida ma’ruza qildi. Shuningdek, TDShUning “Xitoy filologiyasi” kafedrasi va Konfutsiy instituti bilan hamkorlikda har yili o‘tkaziladigan “Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari” nomli xalqaro konferensiya haqida ham ma’lumot berildi va ishtirok etishga taklif qilindi.

photo_2023-11-30_11-55-44

30.11.2023, 11:57 621