“Demokratiya: umuminsoniy qadriyatlar”
2024-yilning 19-mart sanasida Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida “Demokratiya: umuminsoniy qadriyatlar” mavzuidagi III xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHU rektori G.Rixsiyeva ham ishtirok etdi.
Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori professor Gulchehra Rixsiyeva o‘zining “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lidagi demokratik islohotlar” mavzuidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Mazkur yirik forumda 70 ta mamlakat va mintaqadan tashrif buyurgan 300ga yaqin rasmiy vakil hamda ekspertlar raqamli texnologiyalar asrida demokratik jarayonlarning rivojlanishiga doir masalalarni muhokama qildilar.