Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi

Vokxidova Mekhri1 Voxidova Mehri Xasanovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, Dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 93 661 72 46
E-mail: mehri_voxidova@tsuos.uz

“Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasida 2024-2025 o‘quv yilida 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, 2 ta fan nomzodi (dotsent), 3 nafari PhD (2 nafari dotsent, 1 nafari katta o‘qituvchi), 1 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi, 8 nafar stajer-o‘qituvchilar, shuningdek 1 nafar xorijlik o’qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 35% ni tashkil etadi. Shuningdek, kafedraning 3 ta tayanch doktoranti hamda 10 ga yaqin mustaqil tadqiqoqtchilari sohaga oid ilmiy yo’nalishlarda tadqiqot olib bormoqda. Kafedrada  60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar  ta’lim yo‘nalishi va 70411902-Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati) mutaxassisligi mavjud.

60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ta’lim yo‘nalishida – makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiy geografiyasi, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, tashqi iqtisoidy faoliyat, O‘zbekiston jahon xo‘jaligi tizimida va bir qator tanlov fanlar fanlar o’qitiladi.

70411902 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati) mutaxassisligida –biznes analitika, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqarish, xalqaro savdo huquqi va savdo amaliyoti, xalqaro biznes shartnomalar, xalqaro logistika va bir qator tanlov fanlar fanlar o’qitiladi.

Kafedra tadqiqotchilarining ilmiy mavzulari

O’qituvchining F.I.Sh. Shifr raqami Dissertatsiya mavzusi Ilmiy rahbar/maslahatchi
Kadirova Z.A.,

PhD, dotsent

08.00.09. O’zbekistonning xalqaro intelektual migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki:muammolar va ularni hal qilish yo’llari i.f.d. Islamov B.A.
Voxidova M.X., PhD, dotsent 08.00.09. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarining nazariy-ilmiy asoslari i.f.d., prof. Umurzakov B.X.
Xikmatov N.N. 13.00.06 Aralash ta’limni rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uslubiyati masalalari m-f.f.n., prof. v.b. Karimov A.Z.
Gaziyeva S. PhD 08.00.09 Barqaror rivojlanish sharoitida xalqaro oilaviy migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari i.f.d., prof. Islamov B.A.
Erkaboyev A.B. 08.00.09 Mikroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy o’sish dinamikasiga ta’siri i.f.n. Kamilova M.X.
Niyazaliyev J.Y. 08.00.09 Сетизация инновационного развития Республики Узбекистан на примере передовых стран мира i.f.n., prof. Talipova N.T.
Yorqulova D. 08.00.09 Jahon qishloq xo’jaligi sektori va global oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy o’sishga ta’siri i.f.d. Kamilova M. X.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

Vazirlik, qo’mita, ilmiy tashkiliy markazlar:

  • O’zbekston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  • O’zbekiston Respulikasi madaniy obidalar va Turizm vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  • TDIU qoshidagi O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqotlar markazi
  • Respublika aholi bandligi va mehnatni mohofaza qilish ilmiy markazi
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar markazi
  • “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”
  • Davlat ilmiy nashriyoti
  • “Innovasion ta’lim” o‘quv markazi
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi.

Oliy o’quv yurtlari:

  • Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • Qirg’iziston Respublikasining Bishkek davlat universiteti
  • Koreya Respublikasining Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti
  • Iqtisodiy tashkilotlar, banklar, maxsus hududlar:
  • TIF Milly Banki
  • Ipak Yo’li Banki
  • “Travel Advisor” MChJ
  • “Winter holiday” MChJ
  • «Lumier»mehmonxonasi
  • «Asia Tashkent»mehmonxonasi
  • «Intercontinental»mehmonxonasi
  • “Navoi” Erkin iqtisodiy zonasi
  • City Palace mehmonxonasi
  • Hotel Pro mehmonxonasi

Kafedraning xalqaro hamkorligi

Kafedra Latviyaning Xalqaro Boltiq akamiyasi, Hindistonning Jamia Millia Islamiya univeriteti, Turkiyaning Haci Beyrem Vali universiteti, Koreya Respublikasining Youngnam va Kyung Hee universitetlari, Vengriyaning Cornivus, Misr Arab Respublikasining Helwan  universitetlari, Fransiyaning Cefam, Rossiyaning Qozon Federal Universiteti, Qirg’iziston Respublikasining Bishkek davlat universiteti, Malayziyaning Saint Islam universitetlari bilan ilmiy-pedagogik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur universitet professor –o‘qituvchilar kafedra kesimidagi fanlar bo‘yicha ta’lim beradilar.

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

25.10.2024, 11:22 331