SHARQ MAMLAKATLARI TARIXI VA ANTROPOLOGIYASI KAFEDRASI
![]() |
Ikromov Shavkat Iskandarovich | |
| Ilmiy darajasi va unvoni: | Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dotsent | |
| Lavozimi:: | Kafedra mudiri | |
| Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
| Tel.: | +99871 233-34-24 | |
| E-mail: | shavkat_ikromov@tsuos.uz | |
1918-yil Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Mazkur bilim dargohida sharq mamlakatlari tili va adabiyoti bilan bir qatorda xorijiy sharq mamlakatlarining tarixi ham o‘qitilgan. 1944-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekistan Milliy universiteti) qoshida qayta tashkil qilingan Sharqshunoslik fakultetida ham Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. Mazkur fakultet negzida 1991-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil qilinadi va uning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida sharq mamlakatlari tarixini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil qilinganidan so‘ng ham mazkur yo‘nalish universitetning tayanch yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu tariqa qareib bir asrlik an’ana, tajriba va qadriyatlarga ega bo‘lgan kafedra bugungi kunda o‘z faoliyatini “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi nomi ostida davom ettirmoqda. Xozirda, mazkur kafedra sharqshunos-tarixchilarni tayyorlab beruvchi Markaziy Osiyodagi kamsonli O‘zbekistonda esa yagona bo‘lgan markaz va katta ilmiy dargoh sifatida o‘z o‘rni va obro’siga egadir.
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi tarixi yo‘nalishlarida olib boriladi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarning natijalari monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib, tarixchi-mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda. Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar. Kafedra ixtisosliklarining nomlari va shifrlari: (PhD va DSc).: 07.00.03.- Jahon tarixi; 07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari bo‘yicha); 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Kafedra professor-o’qituvchilar tarkibi
- Ikromov Shavkat Iskandarovich – Kafedra mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
- Shadmanova Sanobar Bazarbayevna – Tarix fanlari doktori, professor.
- Karimova Nataliya Ermanovna – Tarix fanlari doktori, professor.
- Abdullayev Nodir Abdulxayevich – Siyosiy fanlar doktori, professor.
- Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillayevna – Tarix fanlari doktori (DSc) dotsent.
- Xudoyberdiev Aziz Xelyamovich – Tarix fanlari nomzodi, dotsent.
- Azimov Komil Sarvarovich – Tarix fanlari nomzodi, dotsent.
- Tursunova Suriya Minavvarovna – Tarix fanlari nomzodi, dotsent.
- Abdullayev Ulugbek Artikbaevich – Tarix fanlari nomzodi, Dotsent.
- Nazarqulova Nodira Baxtiyor qizi – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Katta o‘qituvchi.
- Xubbaliyeva Maxpurat Xamzayevna – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Katta o‘qituvchi.
- Fayzullayev Aziz Husan o’g’li – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Katta o‘qituvchi.
- Mamtqulov Sirojiddin Husan o‘g‘li – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Katta o‘qituvchi.
- Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Katta o‘qituvchi.
- Egamberdiyev Abduvahob Abdurasul o’g’li – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
- Qalandarov O’lmas Faxriddin o’g’li – Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
- Imamnazarov Kaxramon Utkurovich – Katta o‘qituvchi.
- Petrosova Olga Nekolayevna – Katta o‘qituvchi.
- Yodgorov Sherbek Meylijonovich – Katta o‘qituvchi.
- Narimonov Diyor Maksudovich – Katta o‘qituvchi.
- Fayzullayev Adham Husan o‘g‘li – Srajor-o‘qituvchi.
- Axmadov Nozimjon Furqat o‘g‘li – Srajor-o‘qituvchi.
- Vahidov Alisher Avaz o‘g‘li – Srajor-o‘qituvchi.
- Taylaqov To‘ychiboy Abdug‘affor o‘g‘li – Srajor-o‘qituvchi.
Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari
| № |
Tadqiqotchining F.I.Sh |
Tadqiqot ish mavzusi |
Ilmiy rahbar F.I.Sh |
| 1 |
Abdusattorova Farangiz Akramjon qizi |
Koreya yarimorolida matbuot va unda xotin-qizlar diskursi (1876-1945). |
S.B.Shadmanova |
| 2 |
Mamatqulov Sirojiddin Xusan o‘g‘li |
Ichki va tashqi omillarning Pokiston milliy identikligi shakllanishiga taʼsiri (XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshi.) |
N.A.Abdullayev |
|
3 |
Sharofova Diyora Shavkat qizi | Shimoliy Afrika davlatlarida migratsiyajarayonlarining xususiyatlari (Marokash, Jazoir, Tunis misolida, XX asr oxiri XXI asr) | S.B.Shadmanova |
| 4 | Fayzullayev Aziz Husan о‘g‘li | Afg‘oniston va Turkiya Respublikasi о‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar (2001-2023 yy). |
A.A.Xaydarov |
| 5 | Xudayberdiyev Ikrom Ilxomjon o’g’li | XXI asrning birinchi choragida Afg‘oniston Pokiston munosabatlari |
A.A.Xaydarov |
| 6 |
Berdikulov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li |
Eron tashqi siyosati yaqin sharq vektorining shakllanishida shia omili |
K.S.Azimov |
| 7 |
Sahatov Furqat Komilovich |
“Koreya Respublikasi tashqi siyosatida “yumshoq kuch” (XX asr oxiri – XXI asr boshi)” |
F.O.Ismatullayev |
|
8 |
Toyloqov To‘ychiboy
Abdulg‘affor o‘g‘li |
Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarixiy informatika fanining rivojlanishi (2000-2022) |
A.X.Xudoyberdiyev |
| 9 |
Xayrullayeva Iroda Faxriddinovna |
XX asr o’rtalari XXI asr boshlarida Hindistonda xotin-qizlar ta’limining mintaqaviy xususiyatlari. |
S.B.Shadmanova |
|
10 |
Xubbalieva Maxpurat Xamzaevna | Xitoy sayyohlarining Markaziy Osiyo tarixiga oid ma’lumotlari |
А.Ходжаев |
| 11 |
To’xtasinova Shaxnoza Ibroximovna |
Pokiston ijtimoiy-siyosiy hayotida gender masalalari (1977-2007 yillar) |
S.B.Shadmanova |
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
- O‘zR FA Tarix instituti
- O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
- O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- O‘zbekiston Milliy Universiteti
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Sharq tillari litseyi
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar
SAGU Sharq fakulteti tarix fakulteti talabalari, 1953 yil.





