Koreyashunoslik ta’limini rivojlantirish
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Koreys filologiyasi” kafedrasi mudiri, professor Umida Saydazimova 2024-yil aprel oyida kafedraning Urganch davlat universiteti filialida koreys filologiyasi yo‘nalishi talabalari uchun koreyashunoslik sohasi bo‘yicha maxsus ma’ruzalar o‘tdi.
Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 4 – Sifatli ta’limga muvofiq ravishda, oliy ta’lim sifati va akademik bilim almashinuvini oshirishga xizmat qiladi. Professor Saydazimovaning ma’ruzalari talabalarning koreys tili va madaniyati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishlariga, ularning xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadi. Bunday ilmiy hamkorliklar mintaqalararo akademik integratsiyani kuchaytirish va zamonaviy ta’lim resurslaridan keng foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.